Edegor «portladi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 350

Norvegiya terma jamoasi va "Arsenal" klubi futbolchisi Martin Edegor o'zining Twitter sahifasini o'chirib tashladi. Martin ushbu qarorini quyidagicha izohladi:
“Bu katta axlatxona. Ehtiyot bo'lish va o'zingga nimani ravo ko'rayotganingni anglash kerak. Menda u erda o'tirib hammasini tomosha qilishga ehtiyoj yo'q. Mavhumlik va g'alati ishlar. Agar xayoling parishon bo'lsa, bu seni ayanchli va qo'rqinchli oqibatlarga olib keladi”.
Ancha keskin fikrlar. Menda shunday xulosa paydo bo'lyaptiki, Edegor ijtimoiy tarmoqdagi jarayonlarni juda jiddiy va chuqur qabul qilib yuborgan. Sal immunitet hosil qilib olsa bunchalik nafratlanmasdi. Yoki SMM mutaxassis yollash kerak.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
490