"Inter" futbolchisi mish-mishlarni rad etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 127

"Inter" himoyachisi Stefan de Vrey "Tottenxem"ga o'tishi mumkinligi haqidagi ma'lumotlarga munosabat bildirdi. Hozirda futbolchi Milan klubini tark etish haqida o'ylamayapti.
“Men bu haqda hech narsa eshitmadim. Antonio Konte men bilan transferni muhokama qilmagan. Hozirda bor e'tiborimni “Inter”ning navbatdagi o'yinlariga qaratganman va “Tottenxem” haqida umuman o'ylamayman”, — deya niderlandiyalik futbolchining so'zlaridan iqtibos keltirgan "Football Italia" nashri.
29 yoshli himoyachi joriy mavsum "Inter" safida A Seriyaning 11 o'yinida maydonga tushgan.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
465