"Real Madrid" Luis Enrikeni olib kelmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 336

"Real Madrid" braziliyalik yana bir iqtidorni ko'zlamoqda, deya xabar beradi "AS" nashri.
Ma'lumotlarga ko'ra, “Fluminense” vingeri Luis Enrike “qaymoqranglilar”ning transfer ro'yxatiga kiritilgan.
Agar qirollik klubi 20 yoshli futbolchini qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lsa, u "Kastilya" safiga borib qo'shiladi.
Enrikening bozor qiymati 3,5 million evroni tashkil qiladi. U “Fluminense” safida 76ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol urdi va 6ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Soccernews.ruBarcha fikrlar: 1


Imkoni bòlsa ilsh kerak yuz foiz hujumkor bòlmasada jamoaviy òyin tashkil etishda kerak bòlgan umidli futbolchi
13 Noyabr 2021, 19:29
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
256