"Barselona" yosh yulduzi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 192

"Barselona" 17 yoshli yarim himoyachi Gavi bilan yangi shartnoma borasidagi muzokaralarning yakuniy bosqichiga tayyorlanmoqda.
Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano "Twitter" sahifasida ma'lum qildi. Uzoq muddatli kelishuvda maosh yildan-yilga oshishi ko'zda tutilgan.
Futbolchining o'zi "Barselona"da qolishdan manfaatdor. Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi ham klubning bu qarorini ma'qulladi.
Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Gavi 10ta o'yin o'tkazib, ularda 3ta sariq kartochka ishlab oldi.
Manba: Sport-Box.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
249