Argentina ayni paytda mag'lubiyatsiz o'yinlar seriyasi bo'yicha eng yaxshi ko'rsatkichga ega
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 179

Argentina terma jamoasi JCh-2022 saralash bosqichi doirasida Urugvay mehmoni bo'lib, Anxel di Mariya tomonidan urilgan yagona gol evaziga g'alaba qozondi.
Natijada "albiseleste"ning mag'lubiyatsiz o'yinlar seriyasi 26ta bahsga etdi. Lionel Skaloni shogirdlari ayni paytda mag'lubiyatsiz seriyasi hali uzilmagan jahonning eng yaxshi terma jamoasi bo'lib turibdi.
Argentina bu borada o'z rekordini takrorlash uchun yana 3ta o'yinda mag'lub bo'lmasligi kerak.
Ma'lumot o'rnida. Mag'lubiyatsiz o'yinlar seriyasi bo'yicha jahon rekordi Italiyaga tegishli — 37ta bahs.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
244