"Arsenal" sobiq futbolchisi faoliyatini yakunlash haqida berilgan savolga javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 130

"Bornmut", "Arsenal" va "Vest Xem" klublarining sobiq yarim himoyachisi Jek Uilshir tez orada faoliyatini yakunlamoqchi ekanligini haqidagi savolga javob berdi.
- "Faoliyatimni yakunlash? Bu mavzu haqida o'ylab ko'rishim kerak. Hozir murabbiylik bilan shug'ullanyapman va shunday imkoniyat borligidan minnatdorman. Lekin shu bilan birga yuqori saviyadagi futbol ko'rsata olishimga ishonchim komil. Aytishim kerakki, Angliyadan tashqaridagi ba'zi variantlar menga mos kelishi mumkin", - dedi Uilshir.
29 yoshli futbolchi o'tgan yili Chempionshipda "Bornmut" safida harakat qilgan edi. Yozda uning shartnomasi nihoyasiga etdi va u hozirda klubsiz.
Manba: Sport-Box.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
245