JCh-2022. Angliya va Polshadan yirik hisobda g'alabalar, Italiya Shveytsariya bilan durang o'ynadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 151

Evropada Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida navbatdagi uchrashuvlar bo'lib o'tdi.
Markaziy bahs "S" guruhi etakchilari — Italiya va Shveytsariya o'rtasida kechdi. Ushbu to'qnashuv g'olibi amalda JCh yo'llanmasini hal qilib qo'yar edi. O'yinning 11-daqiqasida Vidmer shveytsariyaliklarni oldinga olib chiqqan bo'lsa, taym tugashiga 9 daqiqa qolganida Jovanni di Lorentso muvozanatni tikladi. Ushbu hisob uchrashuv oxirigacha o'zgarmadi.
Ushbu durang tufayli ikki jamoaning ochkolari 15taga etdi. "Skuadro adzurra" to'plar farqiga ko'ra oldinda bormoqda. So'nggi turda italiyaliklar Shimoliy Irlandiya mehmoni bo'lsa, "soatsozlar" o'z uylarida Bolgariyani qabul qilishadi. To'g'ridan-to'g'ri yo'llanma taqdiri to'plar farqi orqali hal etilishini inobatga olsak, so'nggi turda ular yirik hisobdagi g'alaba uchun o'ynashadi.
Angliya o'z uyida Albaniya ustidan yirik hisobda g'alaba qozondi. So'nggi turda inglizlar San-Marinoga qarshi bahsda durang qayd etishsa ham JCh yo'llanmasini qo'lga kiritadi. Bunday holatda Polsha pley-off bosqichiga yo'l oladi.
JCh-2022 saralash bosqichi. Evropa
"C" GURUHI
Italiya – Shveytsariya 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar: 0:1 – 11 Vidmer, 1:1 – 36 Di Lorentso.
Italiya – Donnarumma, Acherbi, Emerson (Kalabriya, 80), Di Lorentso, Bonuchchi, Jorjino, Barella (Kristante, 69), Keza, Lokatelli (Tonali, 58), Insine (Raspadori, 79), Belotti (Berardi, 58).
Shveytsariya – Zommer, Vidmer, Rodriges (Garsiya, 69), Sher, AkanJi, Shakiri (Sou, 80), Shteffen (Imeri, 69), Vargas (Zekiri, 87), Froyler, Okafor (Fray, 79), Zakariya.
Ogohlantirishlar: Keza (43), Insine (47), Sher (77), Akanji (81), Garsiya (89).
Shimoliy Irlandiya – Litva 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 17, avtogol Shatkus.
"F" GURUHI
Moldova – Shotlandiya 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 38 Patterson, 0:2 – 65 Adams.
Daniya – Farer 3:1 (1:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 18 Olsen, 2:0 – 63 Bruun Larsen, 2:1 – 89 Olsen, 3:1 – 90 Mele.
Avstriya – Isroil 4:2 (0:1, 4:1)
Gollar: 0:1 – 32 Biton, 1:1 – 51, penalti Arnautovich, 1:2 – 58 Perets, 2:2 – 62 Shaub, 3:2 – 72 Shaub, 4:2 – 84 Zabittser.
"I" GURUHI
Angliya – Albaniya 5:0 (5:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 9 Maguayr, 2:0 – 18 Keyn, 3:0 – 28 Xenderson, 4:0 – 33 Keyn, 5:0 – 45 Keyn.
Angliya – Pikford, Jeyms (Aleksander-Arnold, 77), Maguayr, Uoker, Chiluell, Foden (Grilish, 63), Xenderson, Sterling (Smit-Rou, 77), Fillips (Bellingem, 64), Stounz, Keyn (Abraxam, 63).
Albaniya – Strakosha, Veseli, Kumbula (Dermaku, 17), Ismayli, Xyusay, Bare (Lyachi, 12), Trashi (Mixay, 46), Gyasula, Bayrami (Ramadani, 46), Uzuni (Roshi, 86), Tsikaleshi.
Ogohlantirishlar: Gyasula (8), Tsikaleshi (21), Ismayli (25), Lyachi (67).
Andorra – Polsha 1:4 (1:3, 0:1)
Gollar: 0:1 – 5 Levandovski, 0:2 – 11 Yuzvyak, 1:2 – 45 Vales, 1:3 – 45 Milik, 1:4 – 73 Levandovski.
Andorra – Iker Alvares, Servos, Alavedra, Maks Lovera, San-Nikolas (Pablos, 84), Alaes (Garsiya Renom, 84), Vales (Garsiya, 66), Veyra, Rikard, Puxol (Rosas, 62), Klemente (Martines, 66).
Polsha – Shchensnii, Glik, Riibus, Bereshinski, Yuzvyak, Frankovski (Kesh, 64), Klix (Piontek, 64), Zelinski (Shimanski, 86), Krixovyak (Linetti, 64), Levandovski, Milik (Shviderski, 77).
Ogohlantirishlar: Klix (22), Puxol (22), Alaes (37), Veyra (40), Kriixovyak (61).
Chetlatish: Rikard (1).
Vengriya – San-Marino 4:0 (2:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 6 Soboslai, 2:0 – 22 Gazdag, 3:0 – 83 Soboslai, 4:0 – 88 Vechei.

Bosh sahifaga
253