APLning oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 221

"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh oktyabr oyidagi Angliya Premer-ligasining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
O'tgan oyda misrlik futbolchi mersisaydliklar tarkibida 4 o'yinda maydonga tushib, 5 gol urdi va 4 golli uzatmani amalga oshirdi.
Sovringa Salohdan tashqari Filipp Foden ("Man Siti"), Ben Chiluell ("Chelsi"), Maksvell Korne ("Bernli"), Deklan Rays ("Vest Xem"), Yuri Tilemans ("Lester"), Aaron Remsdeyl ("Arsenal") va Valentino Livramento ("Sautgempton") da'vogarlik qilgan edi.
Manba: www.stadion.uz.Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
268