"Real" sobiq futbolchisi: "Ishonchim komil, bir kun kelib Mbappe "Real"ga o'tadi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 171

"Real Madrid"ning sobiq hujumchisi Xese "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappening Madrid klubiga o'tishi mumkinligi haqida gapirdi.
"PSJ"da Kilian menga bir kun kelib "Real"ga o'tishini aytgan edi. Bilmayman, balki bir yildan keyin bu voqea sodir bo'lar, balki ikki-uch yildan keyin buni aniq bilmayman. Futbol olamida har kuni kutilmagan hodisalar ro'y bermoqda. Lekin ishonchim komilki, bir kun kelib Mbappe "Real"ga o'tadi", – dedi Xese "Le 10 Sport" nashriga bergan intervyusida.
22 yoshli Kilian joriy mavsumda 16 o'yinda 7ta gol urdi va 11 golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
268