"Qo'qon-1912": "Nasaf"ga qarshi tayyorgarlik davom etmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 115

"Qo'qon-1912" jamoasi a'zolari navbatdagi uchrashuvni "Nasaf" jamoasiga qarshi o'tkazishadi.
Ayni kunlarda jamoa a'zolari mazkur o'yinga qizg'in tarzda tayyorgarlik ko'rishmoqda. Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi futbolchilar Toshkent shahridagi "Bunyodkor" akademiyasiga qarashli maydonda o'z mashg'ulotlarini olib borishmoqda.
Jamoa a'zolari bugun va ertaga ham Toshkentda shug'ullanishadi. 14 noyabr kuni erta tongda jamoa a'zolari Qarshi shahri tomon yo'lga chiqishadi.
Eslatib o'tamiz, Superliganing 24-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi, 15 noyabr kuni, soat 14:00 da Qarshidagi "markaziy" stadionida boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
270