Aguero faoliyatini yakunlashi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 180

"Barselona" hujumchisi Serxio Aguero yuragi bilan bog'liq muammolar tufayli faoliyatini yakunlashi mumkin, deya xabar beradi "AS" nashri.
Ma'lumotlarga ko'ra, so'nggi tekshiruvlar 33 yoshli argentinalikning yuragi bilan bog'liq muammolar avval taxmin qilinganidan ham jiddiyroq ekanligini ko'rsatdi.
Shifokorlar Agueroni endi maydonga qaytmasligi mumkinligidan ogohlantirgan.
Eslatib o'tamiz, 30 oktyabr kuni hujumchi Ispaniya chempionatining 11-turidan o'rin olgan "Alaves"ga qarshi o'yinda (1:1) yuragida og'riq sezgandi. U birinchi bo'limda taxikardiya xuruji tufayli almashtirildi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
266