Insine "Toronto"dan qiziqarli taklif oldi. Tomonlar aloqada
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 166

"Napoli" yarim himoyachisi Lorentso Insine jamoani tark etishi mumkin.
Jurnalist Janluka Di Martsioning xabar berishicha, futbolchi bilan Kanadaning "Toronto" jamoasi shartnoma imzolamoqchi va Lorentsoga dastlabki taklifini yuborgan.
Shuningdek Shimoliy Amerika klubi Insinening maosh bo'yicha talablarini qondirishga tayyor. "Toronto" vakili ikki hafta oldin Neapolga tashrif buyurgan edi, hozirda tomonlar faol aloqani davom ettirmoqda.
Eslatib o'tamiz, Insinening Italiya klubi bilan amaldagi shartnomasi shu mavsum yakunida nihoyasiga etadi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
263