The Best sovrini uchun asosiy da'vogar kim? Alisson javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 207

Braziliya terma jamoasi va “Liverpul” darvozaboni Alisson kelasi yilning 17 yanvarida FIFA tomonidan taqdim etiladigan The Best uchun ovoz berish jarayoni haqida o'z fikrini bildirdi.
"Menimcha, Levandovski bu sovringa loyiq. Uning raqamlari va yutuqlari shunchaki fantastik ko'rsatkich. U rekordlarni yangilaydi, ko'plab gollar uradi va ajoyib barqarorlikni namoyish etadi”, - dedi Alisson.
Eslatib o'tamiz, sovrin uchun ovoz berish jarayoni 22 noyabrdan 10 dekabrgacha bo'lib o'tadi va uning natijalariga ko'ra “Eng yaxshi futbolchi”, “Eng yaxshi murabbiy”, “Eng yaxshi darvozabon”, “Eng yaxshi gol”, “Feyr-Pley” va “Muxlislar mukofoti” kabi nominatsiyalar bo'yicha g'oliblar aniqlanadi.
Manba: Sport-Box.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
269