Modrich "Real" bilan yangi shartnoma tuzishni orzu qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 120

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi va Xorvatiya terma jamoasi sardori Luka Modrich joriy mavsum yakunida qirollik klubini tark etish niyatida emas.
"AS" nashri xabariga ko'ra, Modrich Madrid bilan shartnomasini yana bir yilga uzaytirishni orzu qilmoqda. Ma'lumotlarga ko'ra, xorvat yangilangan "Santyago Bernabeu"da o'ynamoqchi.
Eslatib o'tamiz, Modrichning qirollik klubi bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirigacha tuzilgan.
Bu mavsumda Modrich La Ligada 7ta o'yinda maydonga tushib, 2ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: SoccernewsFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
261