Gruziya O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan Shvetsiyani mag'lub etdi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 134

Gruziya terma jamoasi JCh-2022 saralash bosqichi doirasida "B" guruhi etakchisi Shvetsiyani o'z maydonida qabul qildi va kutilmaganda, kuchli raqibni mag'lub etdi.
Gruzinlarning har ikkala goliga «Rubin» yarim himoyachisi Xvicha Kvaratsxeliya mualliflik qildi.
Gruziya o'z ochkolarini 7taga etkazdi va saralash bosqichini 4-pog'onada yakunladi. Ushbu jamoa endi 15 noyabr kuni O'zbekistonga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazadi. Bahs Tbilisi shahrida bo'lib o'tadi.
JCh-2022 saralash bosqichi
Gruziya - Shvetsiya - 2:0 (0:0)
Gollar: Kvaratsxeliya, 61 (1:0). Kvaratsxeliya, 77 (2:0)
Gruziya: Loriya, Kakabadze, Xocholava, Kashiya, Okriashvili (Davitashvili, 70), Azarov, Kvekveskiri (Aburdjaniya, 90), Kvaratsxeliya (Chabradze, 81), Gviliya, Lobjanidze (Kazaishvili, 81), Tsitaishvili (Volkov, 70)
Shvetsiya: Ulsen, Kraft, Lindelef, Augustinsson, Nilsson, Klasson (Kulushevski, 74), Forsberg, Svanberg (Kuayzon, 78), Olsson, Isak (Karlsson, 87), Ibrahimovich
Ogohlantirishlar: Kashiya 10, Okriashvili 52, Azarov 55 - Nilsson 64

Bosh sahifaga
260