Myuller Germaniyaning eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida yuqoriladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 127

Germaniya terma jamoasi JCh-2022 saralash bahsida Lixtenshteynni mag'lub etdi (9:0). Ushbu uchrashuvda hujumchi Tomas Myuller ikkita gol urdi.
Endilikda 32 yoshli futbolchi terma jamoasi safida 42 ta gol urdi. Bu ko'rsatkich bo'yicha u Mihael Ballakga etib oldi va terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida 8-o'ringa chiqib oldi.
Germaniya terma jamoasi safida faqatgina Uve Ziler (43), Karl-Xayns Rummenigge (45), Yurgen Klinsmann (47), Rudi Feller (47), Lukas Podolski (49), Gerd Myuller (68) va Miroslav Kloze (71) ko'proq gol urishgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
218