Boks. Ayollar o'rtasidagi jahon chempionati keyingi yilga qoldirilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 107

Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA) dekabr oyida Turkiyada o'tishi rejalashtirilgan ayollar o'rtasidagi jahon chempionatini kelgusi yilga qoldirmoqda.
Bunga sabab butun dunyoda yuzaga kelayotgan koronavirus pandemiyasining yana bir to'lqini deb keltirib o'tilmoqda. Xalqaro tashkilot bu borada Turkiya milliy federatsiyasi bilan muzokara o'tkazgani ma'lum qilindi.
Eslatib o'tamiz, Istanbul shahri 6-19 dekabr kunlari ayollar o'rtasidagi dunyo birinchiligini qabul qilishi kerak edi. Yangi kelishuvga ko'ra muddat kelasi yilning mart oyiga qoldirilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
226