Abdulla Aripov «Bavariya» muxlisi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 141

Bugun Germaniyaning Bavariya federal eri Bosh vaziri Markus Zyoder o'zining Instagram'dagi profiliga yuqoridagi suratni joylashtirdi. Unda O'zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov ikkalasi «Bavariya» futbol jamoasi libosini ushlab turgani tasvirlangan.
«Markaziy Osiyodan Bavariyaga xalqaro tashrif: O'zbekiston Bosh vaziri hamda "Bavariya" jamoasi muxlisi Abdulla Aripov bilan suhbat. Bavariya aloqalarni yaxshi yo'lga qo'ygan. O'zbekiston ishonchli xalqaro hamkor, jumladan Afg'onistondan evakuatsiya paytida Bundesverni qo'llab-quvvatladi», — deya surat ostiga izoh qoldirgan Markus Zyoder.
Eslatib o'tamiz, ayni kunlarda Abdulla Aripov boshchiligidagi O'zbekiston delegatsiyasi Germaniyada bo'lib turibdi.
Manba: Telegram.me/XushnudbekFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
220