"Barselona" qishki transferlar vaqtida qancha mablag' sarflashi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 213

Ispaniyaning "ESPN" nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, "Barselona" qishki transferlar oynasida 10 million evrodan ko'p mablag' sarflay olmaydi.
Avvalroq, Kataloniya klubi ijrochi direktori Ferran Reverter klub qishki transferlar vaqtida 20 million evroga ega bo'lishi haqida aytgandi.
Ma'lumotlarga ko'ra, hujumchi Ansu Fati va yarim himoyachi Pedri bilan uzoq muddatli shartnomalar imzolangani bu miqdorni kamaytirgan. Shuningdek, "ko'k-anor ranglilar" Ronald Kumanni iste'foga chiqarish va Xavining tovon pulini to'lash uchun ham ma'lum miqdorda pul sarflashi kerak edi.
Qayd etilishicha, jamoa navbatdagi transferlar vaqtida ijara asosida o'yinchi xarid qilishga harakat qiladi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
218