Kunde uchun kurashda "Manchester Yunayted" favoritga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 204

"Manchester Yunayted" "Sevilya" himoyachisi Jyul Kunde uchun asosiy da'vogarga aylandi. Bu haqda Ispaniyaning "AS" nashri xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, "qizil iblislar" himoyadagi muammolar tufayli qishki transferlar vaqtida frantsiyalik futbolchi uchun mablag' sarflashga tayyor.
"Sevilya" Kunde klubdagi so'nggi mavsumini o'tkazayotganini biladi. Andalusiya klubi futbolchi uchun "Manchester Yunayted"dan 80 million evro miqdorda tovon puli so'ragan.
Joriy mavsumda 22 yoshli frantsiyalik futbolchi ispan klubi uchun 13 o'yinda maydonga tushib, samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
218