«PSJ» Ramosning tiklanishi uchun 4 oy vaqt ketishini kutmagandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 149

«PSJ» himoyachisi Serxio Ramos yozda klub bilan shartnoma imzolaganiga qaramay, hamon jamoa safida debyut qilmadi.
Bu esa parijliklar prezident Nossir al-Helayfiyga yoqmadi. Klub xo'jayini bu borada jamoa shifokorlar shtabiga o'z e'tirozini bildirdi.
"Futbolchining tiklanishi bunchalik cho'zilib ketishini kutmagandik. Uning sog'ayishi uchun 1-2 oy ketadi, deb o'ylagandik — 4 oy emas. Ammo Ramos hozirda to'g'ri yo'ldan ketmoqda. U va klub o'rtasidagi munosabatlar joyida. Ramos maydonga qaytishiga va yuqori formaga chiqishiga ishonchimiz komil", — dedi klubga yaqin manba.
Eslatib o'tamiz, Ramos joriy haftadan "PSJ"ning umumiy guruh mashg'ulotlariga qo'shildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
367