Kontega Azar emas, Beyl kerak
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 166

«Tottenxem» bosh murabbiyi Antonio Konte «Real» yarim himoyachisi Eden Azarning ehtimoliy transferiga qarshi chiqdi.
«Deniel Levi "Real" yarim himoyachisi Eden Azar bilan shartnoma imzolashni ko'zlayotgandi, ammo Konte bunga qarshi chiqdi. Gap shundaki, mutaxassis «Chelsi»dagi faoliyati orqali Azarni yaxshi biladi. Kontening fikricha, Edenga mehnatsevarlik etishmaydi va maydonda etarlicha yugurmaydi.
Hayratlanarli tomoni shundaki, Konte klub xo'jayinidan Garet Beylni Londonga qaytarishni so'ragan. Uelslik futbolchining "Madrid" bilan shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi, ammo u yanvar oyida "Real"ni bepul tark etishi mumkin», – dedi jurnalist Eduardo Inda.
Azar joriy mavsumda «Real» safida barcha musobaqalar doirasida 11ta o'yinda ishtirok etib, bitta golga uzatma berdi. Beyl esa madridliklar safida 3ta o'yinda bitta gol muallifiga aylandi.

Bosh sahifaga
364