«Borussiya Dortmund»ning eng yorqin ettinchi raqam egalarini esga olamiz
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 191

Evropa futboli har doim diltortar bo'lib kelgan. Kuchli beshlik chempionatlarida doimo yulduzlar to'p surgan. Ayniqsa Germaniya futboli boshqalardan o'zining muxlislik uslubi bilan ajralib turadi. Bugun sizga Germaniya futboli gigantlaridan biri bo'lgan «Borussiya Dortmund»da to'p surgan eng yorqin hujumchilar haqida aytib bermoqchimiz. Umumiy ro'yxatda beshta qit'adan ham futbolchilar mavjud. Gi Demel hamda Delron Baklilar afrikalik «BVB»ning 7-raqam sohiblari hisoblanadi. Shuningdek, Osiyodan Sinzi Kagava, Janubiy Amerikadan braziliyalik yulduz Tinga, aynan mana shu raqam ostida to'p surishgan. Ayni kunda esa, ajoyib talant egasi, Jovanni Reyna klub tarixida ettinchi raqamni olgan ilk Shimoliy Amerika qita'si vakiliga aylandi. U yangi mavsumni o'z o'yinlari bilan bezashga hozirlangan. Evropaga keladigan bo'lsak, biz eshitib o'rganib qolgan, inglizlardan Sancho, frantsuzlardan Dembele, polyaklardan Levandovski hamda nemis millatiga mansub trio – Xofmann, Lyaytner hamda afsonaviy Shtefan Royterlar ro'yxatda keltirilgan.
Ba'zi klublar uchun libosdagi raqam shunchaki bir belgi bo'lishi mumkindir. Ammo Evropaning elita qatlamiga mansub jamoalar uchun unday emas. Ularning raqamlarida ramziy ma'no aks etadi. Shunday klublardan biri bo'lgan «Dortmund»ning ettinchi raqam egalaridan bir nechtasini quyida keltirib o'tamiz.
Usmon Dembele (Frantsiya)

Chapaqay frantsuz 2017 yilda «Barselona»ga juda katta qiymatga, 135 million evro evaziga transfer qilingan edi. Ammo mana, oradan to'rt yil o'tibdiki, Usmonning o'yinida pasayish kuzatilsa kuzatildiki, lekin o'smadi. Bunga birinchi navbatda ketma-ket kelgan surunkali jarohatlar sabab bo'lgan bo'lsa, boshqa tarafdan «Barsa»ning tarkibi kuchliligi, unda raqobatdosh futbolchilarning ko'pligi imkon bermadi. Shunga qaramay, Dembelening iste'dodiga gap-so'z bo'lishi mumkin emas. Futbolchi o'z sport formasini tiklab olsa, u yog'iga «Barsa»ni haqiqiy etakchisi bo'lish uchun kurashga kirishi mumkin bo'ladi. Aytgancha, biz uni chap-oyoq degan edik. Lekin maydonda uning qaysi oyog'i nisbatan kuchliligini aytish murakkab. Chunki u har ikki oyoqda ham o'ta kuchli zarba berish qobiliyatiga ega.
Jeydon Sancho (Angliya)

Sancho uchun davom etgan uzoq kurashlardan keyin, transferlar oynasi ham yakunlandi. U vanihoyat o'zi istagan joyga, «MYu»ga ko'chishga muvaffaq bo'ldi. Jeydon uch mavsum davomida «Borrusiya Dortmund» o'yinchisi sifatida harakat qildi. Bu davr mobaynida 7-raqamli futbolchi barcha musobaqalarda jamoasi uchun 57ta assist hamda 50ta gol urishga erishdi.
Sinzi Kagava (Yaponiya)

Osiyoning eng taniqli futbolchilaridan biri bo'lgan Kagava 2011 hamda 2012 yillarda ikki bor «BVB» safida Germaniya chempionligini qo'lga kiritadi. U bu davr mobaynida 23-raqam ostida harakat qilgan. Yaponiyalik orada «MYu»ga ham borib kelishga ulgurgan va 2013 yilda Angliya chempionligini qo'lga kiritgan. Pleymeyker 2014 yilda yana Dortmund shahriga qaytadi. Bu paytga kelib, uning raqami 7ga o'zgartirilgan edi. Shundan keyin Kagava «Beshiktosh», «Real Saragosa» kabi jamoalarda ham to'p surdi. U hozirda Gretsiyaning «PAOK» klubi sharafini himoya qilmoqda. Kagavaning faoliyatidagi jarohatlar, uning barqaror o'yin ko'rsatishiga yo'l qo'ymagan edi.
Robert Levandovski (Polsha)

Biz barchamiz uni hozirga kelib haqiqiy gol-mashinasi sifatida bilamiz. Shuningdek, Levandovski nomini to'qqizinchi raqam ostida eslab qolganmiz. Ammo ko'plab «*arilar» muxlislari, uning «Dortmund»dagi yillarida har doim ham to'qqizinchi raqamda o'ynamaganini biladi. Polyak hujumchisi, o'z jamoasi to'qqiz yil ichida ilk marta chempionlikni qo'lga kiritga mavsum(2010-2011)da 9-raqamda emas, balki 7-raqamli futbolchi sifatida qayd etilar edi.
Shtefan Royter (Germaniya)

Har qanaqasiga qarashingizdan qat'iy nazar, Shtefan Royter «BVB»ning haqiqiy timsoli bo'lib qolaveradi. U 12 yil davomida jamoasi uchun 421ta bahsda qatnashgan. Bu ko'rsatkich bo'yicha Royter uchinchi o'rinda turadi. Shtefan 26 yoshida «Borussiya Dortmund»ga keladi va to 38ga kirgunga qadar shu erda to'p suradi. Bu davr mobaynida nemis himoyachisi jamoasiga 3 marta mamlakat chempionligini va 1997 yilgi EChL g'olibligini taqdim eta olgandi. Shuningdek, Royter bu vaqt davomida Germaniya termasi bilan Jahon va Evropa chempioni unvonini qo'lga kiritgan. U 10 yildan ortiq davr davomida 7-raqam bilan harakat qildi. Bu natijalar esa buyuk futbolchini tarix zarvaraqlariga abadiy muxrladi!
ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi
Manba: futaa.com
Bosh sahifaga
367