"Barselona" yaqin orada Gavi bilan shartnomani yangilamoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 147

"AS" nashri xabariga ko'ra, "Barselona" yaqin vaqt ichida 17 yoshli yarim himoyachisi Gavi bilan shartnomani uzaytiradi.
"Barselona" klubi rahbariyati bu boradagi ishlarni boshlab yubordi. Qayd etilishicha, kataloniyaliklar futbolchining agenti bilan muzokaralarda oldinga qadam tashlangan. "Ko'k-anor ranglilar" yarim himoyachiga 5 yillik shartnoma taklif qilmoqda.
Avvalroq, Gavining yangi shartnomasidagi tovon puli 1 milliard evroni tashkil qilishi haqida xabarlar chiqqan edi.
Ispaniyalikning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyunigacha mo'ljallangan.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
367