Pogba "Manchester Yunayted"da Ronaldudan ko'proq pul topmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 170

Yarim himoyachi Pol Pogba, agar klubning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylansa, "Manchester Yunayted" bilan shartnomasini yangilashga tayyor, deya xabar berdi "L'Équipe" nashri.
Manbaning xabariga ko'ra, Pogba "Manchester Yunayted"da hujumchi Krishtianu Ronaldudan ko'proq - haftasiga taxminan 585 ming evro maosh olmoqchi.
Qayd etilishicha, agar “Manchester Yunayted” va 28 yoshli frantsiyalik futbolchi shartnomasini uzaytirmasa, futbolchi 2022 yilning 1 yanvaridan boshlab boshqa klublar bilan muzokara olib borishi mumkin bo'ladi.
Joriy mavsumda Pogba "qizil iblislar" uchun 13 o'yinda qatnashib, 7ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
365