"Valensiya" sardori bilan 5 yillik shartnoma tuzadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 164

Ispaniyaning "Valensiya" jamoasi tez orada himoyachi Xose Gayya bilan shartnomani o'zaytirishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi "COPE" nashri.
Klub 26 yoshli futbolchiga 5 yillik yangi shartnoma taklif qilmoqda. Oktyabr oyida futbolchiga "Barselona" qiziqayotgani xabar qilingandi.
Eslatib o'tamiz, Gayya "Valensiya" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsumda "ko'rshapalaklar" bilan 9 o'yin o'tkazib, 2ta gol urdi va yana shuncha golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
266