"Aston Villa" bosh murabbiyi to'rtta "Liverpul" futbolchisini o'z jamoasida ko'rishni istamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 236

"Aston Villa"ning yangi tayinlangan ustozi Stiven Jerrard "Liverpul"ning bir nechta futbolchisini tarkibga jalb etmoqchi. Xabarda aytilishicha, mersisaydliklarning sobiq yulduzi Klopp jamoasidagi Divok Origi, Takumi Minamino, Oksleyd-Chemberlen hamda Nat Fillipslar bilan bitim tuzishni istaydi.
Har to'rttala o'yinchi "Liverpul"ning zahira futbolchilari sanaladi. Jerrard bu futbolchilar bilan "Aston Villa"ni turnir jadvalining yuqori pog'onalariga olib chiqish mumkin deb hisoblamoqda.
Avvalroq Stiven Jerrard "Aston Villa" murrabiyi sifatida rasman tanishtirilgan edi.
Manba: teamtalk.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
265