Rasman! Jerrard «Aston Villa»ning yangi bosh murabbiyi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 134

«Reynjers»ning sobiq bosh murabbiyi Stiven Jerrard «Aston Villa»ni qabul qilib oldi, deb xabar beradi klub rasmiy sayti.
Tomonlar o'rtasidagi shartnoma shartlari hozircha noma'lum. OAV kelishuv 2024 yilgacha tuzilganini xabar qilmoqda.
Avvalroq britaniyaliklar murabbiy uchun 2-3 million funt sterling miqdorida tovon puli to'lashi ma'lum bo'lgandi.
Jerrard 2018 yildan beri «Reynjers»ni boshqarib keladi va o'tgan mavsumda jamoa bilan Shotlandiya Premer-ligasida g'olib chiqdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
268