Frantsiya futbol federatsiyasi JCh-2022gacha Desham bilan shartnomani uzaytirmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 140

Frantsiya futbol federatsiyasi terma jamoa bosh murabbiyi Dide Desham bilan shartnomani JCh-2022 yakuniga qadar uzaytirish masalasini muhokama qilmaydi. Bu haqda tashkilot prezidenti Noel le Gre ma'lum qildi.
"Desham jahon chempionatida murabbiy bo'lib ishlaydi, keyin esa vaziyat qanday bo'lishini ko'ramiz. Hech kim oldindan muzokaralarni boshlamaydi. Bundan tashqari, yaqinda uning o'zi ham klublar futboliga qaytish istagini bildirdi. U 10 yildan beri shu erda va terma jamoa bilan abadiy ishlamaydi. Ammo agar jahon chempionatidan so'ng Dide qolishni istashini aytsa, men bunga qarshi bo'lgan oxirgi odam bo'laman", - deya prezidentning so'zlaridan iqtibos keltirgan "Le Parisen" nashri.
Oldinroq Zidan Frantsiya terma jamoasini boshqarishni xohlayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Manba: Sport-Express.ru
Bosh sahifaga
239