PSJ klubida g'alati ishlar bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 370

Yo'q, gap Messi va klub o'rtasidagi kelishmovchiliklar haqida emas (ular hali tasdiqlanmadi). Ayollar jamoasi a'zosi Amanita Diallo bezorilarni yollab, tarkibdagi raqobatchisi bo'lmish Xeyra Hamroviyga tan jaroxatlari etkazdirgan.
Bu "Real" bilan o'yindan oldin ro'y bergan va Xeyra og'ir tan jarohatlar olishi natijasida Amanita asosiy tarkibda maydonga tushgan. Lekin politsiya surishtiruv natijasida bosqinchilik ortida aynan Amanita turganini aniqlagan.
Qizig'i, o'sha kuni “dugonalar” birgalikda mashinada ketayotgan bo'lishgan, ikki kishi ularning yo'lini to'sib hujum qilgan. Amantina shubha bo'lmasligi uchun aynan raqobatchisi o'zi bilan birga bo'lgan vaqtni tanlagan.
"Real" bilan o'yin "PSJ" futbolchisi uchun qimmatga tushishi mumkin. U uzoq muddatga qamalishi va futbolchilikni tugatishi ehtimoli katta.

Suratda chap tomonda Amanito Diallo, chap tomonda esa — Xeyra Hamroviy.

Bosh sahifaga
217