"Real Madrid" himoyachisining kelajagi borasida bir qarorga keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 161

Ispaniyaning "Marca" nashri xabariga ko'ra, "qirollik klubi" rahbariyati 23 yoshli Eder Militao bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
Jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti braziliyalik himoyachining so'nggi vaqtlarda ko'rsatayotgan o'yini va asosiy tarkib futbolchisiga aylanganidan hursand. Uning shartnomasini yangilash klub rahbariyatining ustuvor vazifasiga aylandi.
Eslatib o'tamiz, "qaymoqranglilar" Militaoni 2019 yilning yozida 50 million evro evaziga "Portu"dan sotib olgandi. Himoyachining amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
241