"Everton" rossiyalik futbolchi uchun 40 million funt to'lashi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 146

Angliyaning "Everton" jamoasi "Monako" yarim himoyachisi Aleksandr Golovin hizmatlariga qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi "Liverpool Echo" nashri.
Ma'lumotlarga ko'ra, mersisaydliklar bosh murabbiyi Rafael Benites futbolchini yanvar oyidayoq jamoasida ko'rmoqchi. "Monako"ning transfer uchun 40 million funt so'ragani vaziyatni murakkablashtirdi. "Irislar" futbolchi uchun bunday katta summa to'lashga tayyor emas, deyiladi xabarda.
26 yoshli Golovin joriy mavsum frantsuz klubi safida barcha turnirlarda 16 bor maydonga tushib, 3 gol urib, huddi shuncha golga assistentlikni amalga oshirdi. "Transfermarkt" portali futbolchining narhini 28 million evroga baholagan.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
352