Messi Urugvayga qarshi o'yinga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 123

"PSJ" va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi kechagi mashg'ulotlarda to'liq ishtirok etdi, deya xabar berdi "TyC Sports" nashri.
34 yoshli futbolchi tizzasidagi muammolar tufayli parijliklar safidagi so'nggi ikki o'yinni o'tkazib yuborgan edi. Shunga qaramay, terma jamoa bosh murabbiyi Lionel Skaloni uni navbatdagi o'yinlar uchun qaydnomaga kiritdi. So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi jarohatidan to'liq sog'aygan va o'yinlarda ishtirok etishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, JCh-2022 saralash bahslaridan o'rin olgan uchrashuvlarda argentinaliklar Urugvay (13 noyabr) va Braziliyaga (17 noyabr) qarshi o'yin o'tkazadi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
347