"Barselona" hujumini kuchaytirish uchun futbolchi topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 326

"Barselona" "Chelsi" hujumchisi Timo Vernerga qiziqish bildirmoqda.
"Fichajes" nashri xabariga ko'ra, kataloniyaliklar yangi ustozi Xavining shaxsan o'zi 25 yoshli germaniyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashdan manfaatdor. Verner "Barsa"da muddatidan oldin "Sevilya"ga qaytarib yuboriladigan Lyuk De Yong o'rnini egallaydi.
Eslatib o'tamiz, Romelu Lukaku "Chelsi"ga o'tgandan so'ng germaniyalik futbolchi klubda kam o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda. Shu sababli, hujumchi jamoani tark etmoqchi.
Joriy mavsumda Verner "aristokratlar" safida 10ta o'yinda qatnashib, 2ta gol urdi va 1 golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
363