Germaniya terma jamoasining yana bir futbolchisi jarohat oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 145

"PSJ" yarim himoyachisi Yulian Draksler terma jamoasining noyabr oyida bo'lib o'tadigan JCh-2022 saralash bahslarini o'tkazib yuboradi. Bu haqda Bundestim bosh murabbiyi Xans-Diter Flik aytib o'tdi.
"Yulian Draksler mushaklari jarohatlangani sababli navbatdagi o'yinlarni o'tkazib yuboradi. Buning uchun uzr so'rayman. O' o'zini mashg'ulotlarda yaxshi ko'rsatdi", - deya mutaxassis so'zlaridan iqtibos keltirgan Germaniya futbol ittifoqi rasmiy Twitter sahifasi.
Eslatib o'tamiz, Germaniya terma jamoasi navbatdagi o'yinlarini Lixtenshteyn (11 noyabr) va Armanistonga (14 noyabr) qarshi o'tkazadi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
439