"Barselona" sport direktori jamoani tark etadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 146

"Barselona" sport direktori Ramon Planes klub bilan 2023 yilgacha tuzilgan shartnomani bekor qilish uchun ariza topshirdi. Bu haqda "Sport.es" nashri xabar bermoqda.
E'tiborlisi, bu Xavi "ko'k-anor ranglilar"ga bosh murabbiy etib tayinlanganidan bir necha kun o'tib sodir bo'ldi. Planesning fikricha, uning Kataloniya klubidagi faoliyati yakuniga etdi.
Tomonlar shartnomani bekor qilish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda, ammo "Barselona" funktsionerning arizasiga salbiy munosabat bildirgan. Kataloniyaliklar qishki transfer oynasi ochilishiga oz qolganda uni yo'qotmoqchi emas.
Eslatib o'tamiz, Planes 2020 yil avgust oyidan beri “Barselona” sport direktori lavozimida ishlab kelmoqda. Uning eng yaxshi kelishuvlari - himoyachi Ronald Arauxo va yarim himoyachi Pedri.
Manba: Footballhd.ru
Bosh sahifaga
376