Shomurodov raqobatchisi "Fiorentina"ga ketadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 180

Italiyaning “Fiorentina” jamoasi ayni vaqtda "Roma"da harakat qilayotgan “Real Madrid” hujumchisi Borxa Mayoralni ijaraga oladi, deya xabar beradi "Football Italia" nashri.
Futbolchi yanvar oyi boshida "binafsharanglilar" safiga borib qo'shilishi kutilmoqda.
Mayoral hozirda "Roma"da ijara asosida o'ynamoqda. Rimliklarning ustozi Joze Mourino ispaniyalik futbolchiga deyarli ishonmaydi. “Bo'rilar” futbolchining ijara shartnomasini muddatidan avval tugatishga tayyor.
A Seriyaning joriy mavsumida 24 yoshli hujumchi 3 o'yinda ishtirok etib, samarali harakatlar amalga oshirmadi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
377