Portugaliya etakchilaridan biri jarohat oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 193

Portugaliya terma jamoasi FIFA kunlarida yo'qotishga uchradi. Gap shundaki, jamoa etakchilaridan biri hisoblanmish Bernardu Silva mushaklarida og'riq sezmoqda. Futbolchi shu tufayli terma jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etmayapti. Xavbek JCh-2022 saralash bosqichidan o'rin olgan, Irlandiya termasiga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi mumkin.
"U yig'inga kelganda mushaklarida og'riq sezayotganini aytgandi. Biz Bernarduning tezroq safga qaytishiga umid qilamiz. U hozirda tiklanish jarayonida. Balki Bernardu Serbiyaga qarshi bo'lib o'tadigan bahsgacha jarohatdan forig' bo'lar. U Irlandiyaga qarshi bahsda maydonga tusha olmasa kerak" - deydi Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush.
Eslatib o'tamiz, futbolchi so'nggi uchrashuvini "shaharliklar" tarkibida Manchester derbisida o'tkazib, 90 daqiqa maydonda harakat qilgan va raqib darvozasiga bir bor to'p kiritgan.
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
373