Jek Uilsher: "U ajoyib inson"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 172

"Arsenal"ning sobiq yulduzi Jek Uilsher jamoa darvozaboni Aaron Ramzdeyl haqida gapirdi. U "Sky Sports" kanaliga shunday deydi:
"Aaron juda murakkab davrlarni boshidan o'tkazgan. U ikki marta boshqa klublar safida APLdan tushib ketgan edi. Uning xarakteri haqida ko'p gapiriladi. "Arsenal" u bilan bitim tuzganda muxlislar va futbol ichidagi boshqa odamlar uni juda qattiq tanqid qilgandi. Ammo u o'z o'yini va seyvlari bilan bunga munosib javob qaytara oldi. Ramzdeyl jamoaning butun harakatlarini o'zgartirdi. Yaxshi tarafga, albatta. Men u uchun xursandman. U ajoyib inson".
Eslatib o'tamiz, Ramzdeyl yozda, 24 avgust kuni "Sheffild"dan 30 million funt evaziga transfer qilingan edi.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
217