Garet Beyl yana Londonga qaytadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 306

"Real Madrid" futbolchisi Garet Beyl qishki transferlar oynasida yana "Tottenxem"ga qaytishi mumkin. "Fichajes" nashriga ko'ra, "shporlar"ning yangi ustozi Antonio Konte Beylni jamoaga foydali deb hisoblaydi.
Shu sabab yanvar oyida futbolchini ijara asosida Londonga qaytarishga harakat qiladi. Xabarda, shuningdek, Beyl yarim mavsumda davomida o'zini ko'rsata olsa, "Tottenxem" u bilan doimiy bitim tuzishi aytilgan.
Beyl o'tgan mavsumda "Tottenxem" safida 34 marta maydonga tushib, 16ta gol va 3ta assist muallifiga aylangan edi. Yangi mavsumda esa, uelslik futbolchi "Real"da 3 marta asosiy tarkibda maydonga tushirildi. U avvalroq tizzasidan jarohat olgan edi.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
218