Germaniya terma jamoasi bazasida muammo yuzaga kelgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 172

Germaniya terma jamoasi a'zolaridan biri Niklas Zyuleda koronavirus infektsiyasi aniqlangan. Nemis futbol federatsiyasi(DFB) xabariga ko'ra, infektsiyalangan futbolchi bilan kontaktda bo'lgan yana to'rt nafar jamoa a'zosi umumiy jamoadan yakkalangan.
Ushbu futbolchilar "Bavariya" a'zolari Kimmix, Gnabri hamda Jamal Musiala, shuningdek, "Zaltsburg" hujumchisi Karim Adeymilardir. Ushbu futbolchilardan PTsR testi olingan. Hozircha hech birida virus aniqlanmagan.
Ta'kidlanishicha, virus yuqtirgan futbolchi Syule to'liq vaktsinalanganiga qaramay, unda simptomlar bo'y ko'rsatgan.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
235