"Benfika" Ispaniya gigantidan futbolchi xarid qilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 157

"Benfika" klubi "Barselona" futbolchisi Samyuel Umtiti uchun asosiy da'vogarlar qatoriga kirdi. Portugaliya vakili amaldagi himoyachisi Lukas Verissimoning jarohati sabab uning o'rniga munosib nomzod qidirmoqda.
"Mundo Deportivo" nashri esa, Umtitini "Benfika" uchun eng mos futbolchi deb belgilagan. Xabarda Umtitining o'yin amaliyotiga ega bo'la olmayotgani sababli, klubdan ketishi mumkinligi aytilgan.
Frantsuz kelasi yili o'tkaziladigan Jahon chempionatiga borishni istaydi. Shu sabab Desham jamoasiga kirishni istasa, qaerda bo'lmasin, doimiy o'yin vaqtiga ega bo'la olishi lozim.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
391