Braziliyaladan "MYu" futbolchisi uchun taklif bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 188

Braziliyaning "Palmeiras" klubi "MYu" hujumchisi Edinson Kavanini qishki transferlar oynasida sotib olishga qattiq harakat qiladi. Bu haqda klubning vitse-prezidenti Paulo Buoshi ma'lum qildi.
Uning aytishicha, jamoa tez orada o'z tarkibini kuchaytirishga bel bog'lagan. Shu sabab qishda bir nechta transferlar uchun pul ajratishni rejalashtirgan. Kavani bilan birga, klub "Toronto" jamoasi hujumchisi Eferson Soteldoga ham qiziqish bilan qaramoqda.
Eslatib o'tamiz, "Palmeiras" klubi Libertadorlar kubogining finaliga yo'l olgan. Jamoa finalda "Flamengo" bilan kuch sinashadi.
Manba: teamtalk.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
398