"Nyukasl" "Bavariya" himoyachisi bilan muzokaralarni boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 186

"Nyukasl" jamoasi "Bavariya" himoyachisi Niklas Zyuleni o'z safiga qo'shib olmoqchi, deya xabar beradi "Newcastle World" nashri.
Ma'lumotlarga ko'ra, Angliya klubi rahbariyati 26 yoshli germaniyalik futbolchi vakillari bilan muzokaralarga kirishgan. Ma'lum qilinishicha, klub futbolchini 2022 yilning yanvar oyidagi asosiy transfer maqsadlaridan biri sifatida ko'rmoqda.
Joriy mavsumda Zyule "Bavariya" tarkibida 17ta o'yinda maydonga tushib, 1 golga assistentlik qildi. "Transfermarkt.com' portali futbolchining narxini 35 million evroga baholamoqda.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
400