"Barselona" ajoyib taklifni rad etgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 182

Ispaniyaning "TV3" telekanali xabar berishicha, yozgi transferlar vaqtida "Barsa" rahbariyatiga Usmon Dembele va Rahim Sterlingni almashtirish taklif qilingan.
Ma'lumotlarga ko'ra, "shaharliklar" boshqaruvidagi insonlar ancha vaqtdan buyon Frantsiya terma jamoasi a'zosi Usmon Dembelening harakatlarini kuzatib borishadi. O'tgan yozda jamoa "ko'k- anor ranglilar" prezidenti Joan Laportaga Rahim Sterling evaziga Dembeleni so'ragan, ammo "Barsa" rahbari bu taklifga rozi bo'lmagan.
Eslatib o'tamiz, Dembele yozda bo'lib o'tgan Evro-2020da oyog'idan jarohat olib yaqindagina safga qaytgan edi. Ammo futbolchi klub mashg'ulotlar vaqtida oyog'ini shikastlab yana bir necha haftani lazaretda o'tkazishga majbur bo'lmoqda.
Manba: Footballhd.ru
Bosh sahifaga
259