Manba: "Manchester Yunayted" direktorlar kengashi hali ham Sulsherga ishonadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 108

"Manchester Yunayted" rahbariyati Ole-Gunnar Sulsherni jamoa bosh murabbiyligidan bo'shatishni rejalashtirmayapti, deya xabar berdi jurnalist Fabritso Romano. Direktorlar kengashining aksariyati hali hamon norvegiyalikka ishonishadi.
Ma'lum qilinishicha, faqatgina "qizil iblislar" egasi Joel Gleyzer murabbiyning qolish qaroriga ta'sir o'tkazishi mumkin, ammo undan hozircha hech qanday xabar kelmagan.
Hozirda klub hech kim bilan muzokara o'tkazmayapti.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" so'nggi 12 uchrashuvning 6tasida mag'lub bo'lgan. Jamoa Premer-liga turnir jadvalida 6-o'rinni egallab, to'rtinchi o'rindan 5 ochko, birinchi o'rindan 9 ochkoga ortda qolmoqda.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
267