Klopp «Liverpul»dan «Real Sosedad» etakchisini transfer qilishni so'radi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 146

«Real Sosedad» va Shvetsiya terma jamoasi hujumchisi Aleksandr Isak bir vaqtning o'zida Angliya premer-ligasining bir nechta klublari e'tiborini tortdi. Oldinroq futbolchiga Londonning «Arsenal» klubidan qiziqish borligi aytilgandi, endilikda «Liverpul» ham forvard uchun kurashga qo'shildi.
El Nacional nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, ehtimoliy kelishuv tashabbuskori shaxsan mersisaydliklar bosh murabbiyi Yurgen Klopp bo'lgan. Nemis mutaxassisiga tarkibni rotatsiya qilish uchun hujum chizig'iga yangi futbolchi kerak va Isakning nomzodi unga ideal variantdek ko'rinadi.
Klub shvedning transferini yozda amalga oshirish niyatida. Potentsial transfer taxminan 40 million evroni tashkil qilishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
264