"Yuventus" baribir hujumchi bilan shartnoma imzolaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 161

Turinning "Yuventus" klubi navbatdagi transferlar vaqtida hujum chizig'ini kuchaytirishni istamoqda, deya xabar berdi Italiyaning "Calciomercato" nashri.
Ma'lumotlarga ko'ra, "keksa sinora"ning asosiy maqsadi "Fiorentina" hujumchisi Dushan Vlahovich. Ammo “Yuventus”da serb futbolchisining transferi muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda boshqa variantlar ro'yxati mavjud.
Turinliklar "short-listi"dan "PSJ" hujumchisi Mauro Ikardi, "Benfika"dan Darvin Nunes, "Arsenal"dan Aleksandr Lyakazett, "Manchester Yunayted"dan Antoni Marsyal va "Sassuolo"dan Janluka Skamakka kabi futbolchilar o'rin olgan.
Manba: Footballhd.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
397