"Milan" himoyachisi bilan muzokara olib bormoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 156

"Rossonerilar" chap qanot himoyachisi Teo Ernandes jamoa bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin, deya xabar berdi jurnalist Nikolo Skira.
Ma'lumotlarga ko'ra, "Milan" va futbolchi o'rtasida shartnomani 2026 yilgacha uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib borilmoqda. Yaqin haftalarda kelishuvni yopish uchun so'nggi uchrashuvni o'tkazish rejalashtirilgan. Yangi shartnomaga ko'ra milanliklar qanot himoyachisi uchun yiliga 3.5 million evro miqdorda maosh bermoqchi, deyiladi xabarda.
Joriy mavsum 24 yoshli Teo "Milan" uchun A Seriyada 9 o'yin o'tkazib, 1 gol, 2 golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Nikola SchiraFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
414