Rodri — Evropaning top-5 chempionatlarida eng ko'p pas berayotgan futbolchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 173

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodrining mavsum-2021/22dagi statistikasi havas qilarli darajada bo'lmoqda.
U Angliya chempionatining joriy mavsumida 9ta o'yinda to'liq ishtirok etib, bitta gol muallifiga aylandi. Rodri maydonga tushgan bahslarning 7tasida "Siti" g'alaba qozondi.
Ispaniyalik futbolchi Evropaning kuchli 5ta chempionatlarida o'ynayotgan futbolchilar orasida eng ko'p uzatma berayotgan o'yinchi bo'lib turibdi. U bitta uchrashuvda o'rtacha 82ta uzatma bermoqda. Bu haqda "WhoScorred" xabar tarqatdi.
Evropada bunchalik ko'p uzatma berayotgan futbolchi hozircha yo'q.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
229